Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ramazon Temirov oktagonga chiqadigan UFC turnirining markaziy jangi bekor bo‘ldi

Ramazon Temirov oktagonga chiqadigan UFC turnirining markaziy jangi bekor bo‘ldi

Bahor faslining birinchi kuni AQShning Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 253 turniri o‘tkaziladi.

Oqshomning markaziy jangi o‘ta yengil vazn toifasida UFC kamari uchun sobiq da’vogar Brendon Royval hamda Manel Kape o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo amerikalik aralash yakkakurash ustasi mashg‘ulot paytida jarohat orttirib oldi va buning natijasida jangdan "echildi".

Royval bu holat uchun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali tashkilotchilar va muxlislardan kechirim so‘radi.

"Afsuski, jangda ishtirok eta olmayman. Jarohat oldim va bu yog‘iga mashg‘ulotlarni davom ettira olmayman. Manel Kapel va muxlislardan buning uchun uzr so‘rayman. Hozirgi holatimda uch haftadan keyin o‘tkazadigan jangimga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘ra olmayman", - dedi reyting peshqadami Royval.

Hozircha UFC bu holat bo‘yicha yakuniy qarorini e’lon qilmadi. Manel Kapega yangi raqib beriladimi yoki bu jangning o‘zi boshqa sanadagi turnir kardiga ko‘chirildimi, bu ham noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, UFC Fight Night 253 turniri doirasida hamyurtimiz Ramazon Temirov dunyoning eng kuchli ligasidagi o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazadi. Aralash yakkakurash ustamizning raqibi UFC reytingida 15-o‘rinni egallab turgan amerikalik Charlz Jonson bo‘ladi.

Ramazon Temirov oktagonga chiqadigan UFC turnirining markaziy jangi bekor bo‘ldi

Kiritildi: 10:02 06.02.2025. O'qildi: 1041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!