Bugun 25 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Rafinya Vinisiusni Argentinaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishdan qutqardi!

Rafinya Vinisiusni Argentinaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishdan qutqardi!

Braziliya 2026 yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinida Kolumbiyani mag‘lub etdi (2:1). G‘alaba to‘pini 90+9-daqiqada Viniusius kiritdi. 101-daqiqada esa bosh murabbiy Dorival Junior "Real" vingerini almashtirishga qaror qildi. Viniusius allaqachon bitta sariq kartochka olgan bo‘lib, ikkinchisi unga Argentina bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘lishi mumkin edi.

Maydonni tark etayotgan Viniusius shoshilmasdan harakat qildi. Shu payt Rafinya uning orqasidan yengil turtib, chiziq tomon tezroq yurishini talab qildi. Viniusius bir necha qadam tashlagach, to‘xtab gedralarini to‘g‘riladi. Shunda Rafinya unga qaytib, balandroq ohangda tezroq maydonni tark etishini so‘radi, aks holda hakam uni ogohlantirishi va u Argentina bilan muhim o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin edi.

"Men diskvalifikasiya yoqasida edim. Saralash o‘yinlari doim qiyin kechadi, atigi ikkita kartochka yetarli – bitta qoida buzsang, muammoga tushasan.

Men o‘zimga Argentina bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishga ruxsat bera olmasdim" – dedi o‘yindan so‘ng Viniusius.

Ma’lumot o‘rnida, Braziliya Argetinaga qarshi 26 mart kuni maydonga tushadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 05:00 da start olishi rejalashtirilgan edi.

Kiritildi: 23:46 21.03.2025. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!