"Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirlarning 22 karra g‘olibi Rafael Nadal yaqin orada siyosatdan ketish-ketmaslik haqidagi savolni ochiqladi.
"Hech kim meni bunga undamayapti. O‘ylaymanki, siyosat bilan shug‘ullanadiganlar mening muvaffaqiyatga erishish imkoniyatim unchalik katta bo‘lmasligini tushunishadi. Hozir siyosatga kirish uchun eng yoqimli vaqt emas - haddan tashqari shafqatsizlik. Ko‘proq rasionallikka, hurmatga va umumiy farovonlik haqida o‘ylashga qaytish yaxshi bo‘lardi. Siyosatchilar bizning hayotimizga katta ta’sir ko‘rsatadi. Hammasi tinchlanishi, hurmat qaytishi, bu futbol o‘yiniga o‘xshamasligi kerak. Umumiy manfaat nafaqat nima qilinishida, balki qanday qilinishida ham muhimdir. Bugun esa faqat keskinlik juda tez-tez efirga uzatilmoqda", - deya Nadalning so‘zlarini keltiradi AS.