Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Rada deputati Saakashvilidan qizi uchun aliment undirishni sud orqali talab qilmoqda

Rada deputati Saakashvilidan qizi uchun aliment undirishni sud orqali talab qilmoqda

Ukraina Oliy Radasi deputati Yelizaveta Yasko Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashviliga qarshi Ukraina sudiga da’vo arizasi kiritdi. U Saakashvilini ularning umumiy qizi Jasminga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilishni, shuningdek, farzandi voyaga yetguniga qadar aliment to‘lashni talab qilmoqda.

Bu haqda Ukrainaning «Obozrevatel» nashri sud reestri ma’lumotlari va Kiyevdagi Shevchenko tuman sudi saytiga tayanib ma’lum qilgan.

O‘z navbatida, hozirda Gruziya qamog‘ida jazo o‘tayotgan Saakashvili X ijtimoiy tarmog‘ida Yasko u qamoqqa tushganidan keyin dunyoga kelgan qizi Jasminga moddiy yordam ko‘rsatib kelayotganini yozgan.

Saakashvilining aytishicha, uning onasi Kiyevda va Yevropaning bir qator shaharlarida nabirasi bilan uchrashgan. Sobiq prezidentning ta’kidlashicha, onasi Jasminga har oy moliyaviy yordam berib kelmoqda, shuningdek, 2022 yilda unga Kiyevdan kvartira sovg‘a qilgan.

Saakashvili 2013 yilda Gruziyani tark etgan, shundan so‘ng unga nisbatan mamlakatda jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. 2015 yilda u Ukraina fuqaroligini olgan va 2015–2016 yillarda Odessa viloyati gubernatori lavozimida ishlagan. Keyinchalik Milliy islohotlar kengashi rahbari etib tayinlangan.

2021 yil oktyabr oyida Saakashvili yashirin ravishda Gruziyaga qaytgan, biroq qo‘lga olingan. Gruziyada sobiq prezident davlat mablag‘larini o‘zlashtirish, deputatni kaltaklashni tashkil etish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish ayblovlari bo‘yicha ozodlikdan mahrum etilgan.

Saakashvilining jami to‘rt nafar farzandi bor: sobiq rafiqasi, Niderlandiya fuqarosi Sandra Rulofsdan ikki o‘g‘il, gruzin qo‘shiqchisi Sofo Nijaradze bilan munosabatidan bir qiz va Yelizaveta Yaskodan bir qiz.

Kiritildi: Bugun 16:20. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!