Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Quvasoy shahrida noqonuniy pirotexnika vositalari aniqlandi

Quvasoy shahrida noqonuniy pirotexnika vositalari aniqlandi

"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbir doirasida Quvasoy shahar IIB hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Quvasoy shahar markazida harakatlanib ketayotgan “Matiz” rusumli avtomashina shubha uyg‘otgani sababli to‘xtatilib, belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida avtomashinani boshqarib ketayotgan fuqaro A.T. hamda yonida bo‘lgan sherigi M.O‘.ga tegishli jami 48 blok, 480 qutida 28 800 dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Mazkur pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy bozordagi bir blokining taxminiy narxi 300 000 so‘mni tashkil etib, umumiy qiymati 14 400 000 so‘mga teng ekani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan pirotexnika vositalari xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:17. O'qildi: 154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!