Defense One nashri AQSh milliy xavfsizlik strategiyasining hali e’lon qilinmagan versiyasiga tayanib xabar berishicha, Vashington Avstriya, Vengriya, Italiya va Polsha kabi davlatlar bilan “faolroq hamkorlik qilish” orqali ularni Yevropa Ittifoqidan ajratishga intilayotgani qayd etilgan.
Qayd etish joizki, AQSh strategiyasining rasman nashr etilgan versiyasida bunday punkt yo‘q.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hujjatning e’lon qilinmagan qismida AQSh milliy suverenitet va an’anaviy yevropalik turmush tarzini himoya qilishni maqsad qilgan, biroq Vashingtonga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lgan partiyalar, harakatlar va fikrdonlarni qo‘llab-quvvatlashi kerakligi bayon etilgan.