Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qo‘shma korxonada dori vositalari ishlab chiqariladi

A A A
Qo‘shma korxonada dori vositalari ishlab chiqariladi

Jizzax viloyatida bunyod etilayotgan “Avantika Shifokor” O‘zbekiston – Hindiston qo‘shma korxonasida kelgusida yuzdan ziyod turdagi dori vositalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonning “Shifokor-82” hamda Hindistonning “Avantika Medex Pvt. Ltd.” kompaniyalari hamkorligida Zomin tumanidagi 11,5 gektar maydonda tayyor farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona bunyod etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 30 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘, shundan 15 millioni AQSh dollari xorijiy sarmoyaga to‘g‘ri keladi. Kelajakda korxonada tabletka, kapsula, in’eksiya, gel va boshqa shakldagi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi “Avantika Shifokor “O‘zbekiston – Hindiston qo‘shma korxonasida tayyorlanadigan mahsulotlarning 70 foizini tashqi bozorga, qolgan 30 foizini ichki bozorga chiqarish mo‘ljallanmoqda.

Kiritildi: 07:59 19.03.2024. O'qildi: 1326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!