Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazorati samarali tashkil etiladi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazorati samarali tashkil etiladi

“Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-66-son, 14.04.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, quyidagilar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi:

🔹Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasini (Inspeksiya) mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi sifatida shakllantirish;

🔹qurilish, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish hamda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida nazorat funksiyalarini to‘liq raqamlashtirish;

🔹xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tizimi mexanizmlarini shakllantirish.

✔️2025 yil 1 maydan:

🔸tadbirkor va qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari o‘rtasida shartnoma tuzilgan bo‘lsa, tadbirkorlarning qurilish ob’ektlarida qisqa muddatli davlat qurilish nazorati tadbirlari shartnoma shartlari doirasida amalga oshiriladi va “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi;

🔸Inspeksiyaga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashish qat’iyan taqiqlanadi.

Kiritildi: 09:53 16.04.2025. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!