Ozarbayjonning Boku shahrida qo‘lga olingan o‘zbekistonlik «tabib» Iqbol Soliyevga nisbatan tegishli chora ko‘rildi, deb Lent.az xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Soliyev Bİ-ES VİP estetik markazida bemorlarni qabul qilayotgani ma’lum qilingan edi. Xususan, u fuqarolarni bir seans uchun 60 manat evaziga qabul qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Iqbol Soliyevga nisbatan polisiya boshqarmasi tomonidan qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rilgan.
Shundan so‘ng, uni mamlakatdan chiqarib yuborish ta’minlangan.