Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi rivoji va madaniy merosida tutgan o‘rni” – Qo‘qon universitetida nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazildi

A A A
“Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi rivoji va madaniy merosida tutgan o‘rni” – Qo‘qon universitetida nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Joriy yilning 8–10 iyun kunlari Qo‘qon universitetida nufuzli xalqaro anjuman – “Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi rivoji va madaniy merosida tutgan o‘rni” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

Turizm va madaniy meros vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, TURKSOY, Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Qo‘qon universiteti hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston, Vengriya va boshqa xorijiy davlatlardan hamda O‘zbekistondan 20 nafardan ortiq ma’ruzachi, 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va ekspert hamjamiyatlarining 50 nafardan ortiq vakillari ishtirok etishdi.

“Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi rivoji va madaniy merosida tutgan o‘rni” – Qo‘qon universitetida nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazildi

“Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi rivoji va madaniy merosida tutgan o‘rni” – Qo‘qon universitetida nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazildi

8 iyun kuni Qo‘qon universitetida barcha xorijiy mehmonlar, jumladan, Istanbul universiteti, Anqara universiteti, Xojattepe universiteti, Boku davlat universiteti, Qozog‘istonning al-Farobiy Milliy universiteti, Bishkek Davlat universiteti, Turkmanistonning Maxtumquli nomli davlat universiteti, Budapesht universiteti, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti vakillari, shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti delegasiyalari ehtirom bilan kutib olindi.

“Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi rivoji va madaniy merosida tutgan o‘rni” – Qo‘qon universitetida nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Qo‘qon universitetida nufuzli mehmonlar uchun kampus bo‘ylab minitur tashkil etildi. Ekskursiyada delegasiyalar a’zolari universitetning o‘quv binolari, Students Hostel'lar, yangi bunyod etilayotgan Turizm fakulteti binosi loyihasi, universal sport majmuasi, Axborot-kutubxona markazi faoliyati, turkiy xalqlar mutafakkir-adiblarining boy merosiga bag‘ishlab o‘rnatilgan “Tafakkur gulshani” monumenti va boshqa e’tiborga molik jihatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Konferensiyada ishtirok etgan Turksoy bosh kotibi Sultan Rayev Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari Nusratilla Zikrillayev, Turksoy bosh kotibining Qirg‘iziston va Turkiyadagi maslahatchilari Baxtiyar To‘xtamatov hamda Navro‘zo‘g‘lu Vugar, Turkiy davlatlar tashkiloti kotib o‘rinbosari Mirvoxid Azimov, Turkiy davlatlar kotib yordamchilari Saidbek Boltaboyev va Shokirjon Rahmatovlar, Turkiya va Rossiya hamda Toshkentdan tashrif buyurgan ommaviy axborot vositalari vakillari, ma’ruzachi professor-olimlarga tashrif, tashkilotchilik va hamkorlik uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Konferensiya davomida xorijlik va mahalliy mutaxassislar, professorlar tomonidan muhim ma’ruzalar qilindi. Xususan, Turon fanlar akademiyasi prezidenti, professor Haydarbek Bobobekov “Qo‘qon xonligi tarixining dolzarb muammolari”, Anqara universiteti professori Üçler Bulduk “Hokand Hanlığında Emirileşkerlik Ve Emirileşker Alimkul" (Qo‘qon xonligida Amirilashkarlik va Amirilashkar Alimqul), Qirg‘iziston milliy fanlar akademiyasi professori Dooletbek Saparaliyev “Fergana bez granis – mechta narodov sentralnoy Azii (Iz istorii kirgizsko - uzbekskogo vzaimo-sotrudnichestva v XVIII veke i sovremennost” (“Chegarasiz Farg‘ona – Markaziy Osiyo xalqlarining orzusi (XVIII asr va hozirgi qirg‘iz-o‘zbek hamkorligi tarixidan”), Ohio University professori Levi Skott “The Rise and Fall of Khoqand: New Perspectives from Abroad” (“Xo‘qandning yuksalishi va qulashi: chet eldan yangi istiqbollar”) (Video ma’ruza) va boshqa ma’ruzalarda mualliflar qimmatli va muhim ma’lumotlarni taqdim etishdi.

9 iyun kuni konferensiya ishtirokchilari uchun Farg‘ona viloyati Rishton tumanida joylashgan Rishton kulolchilik markazi va ustaxonlarga tashrif amalga oshirildi. Konferensiya yakuni arafasida mehmonlar Qo‘qon shahar Hamza nomidagi drama teatrida Jizzax viloyati musiqali teatri tomonidan Sulton Rayev asari asosida sahnalashtirilgan “TOJ” psixologik dramasini tomosha qilishdi.

O‘zbekiston — o‘ziga xos tarixga ega. Bunday konferensiyalar esa bu fikrni yana bir bor isbotlaydi.

Kiritildi: 09:15 09.06.2022. O'qildi: 3107 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!