Nikaragua hukumati maydagi voqealardan so‘ng BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO)ni tark etishga qaror qildi. Bu qaror mamlakatning muxolifat gazetasi "La Prensa"ga matbuot erkinligi ishiga qo‘shgan hissasi uchun mukofot berilganidan keyin qabul qilindi.
Bu ma’lumotni Quest-France gazetasi keltirmoqda. Nashr xabariga ko‘ra, ushbu mukofot Nikaragua prezidenti Daniel Orteganing g‘azabini qo‘zg‘atgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Nikaragua hukumati FAOning oziq-ovqat bo‘yicha hisobotini rad etgani va bu tashkilotdan ham chiqishini e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi.