Ukraina Qurolli Kuchlari Taganrog porti va harbiy aerodromiga uyushtirilgan zarbadan tashqari, Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimning Feodosiya shahridagi dengiz neft terminaliga ham hujum qildi, deb xabar bermoqda UKQ dron tizimlari kuchlari qo‘mondoni Robert Brovdi.
"Krim.Realii" loyihasi Feodosiyadagi neft bazasidan bir necha kilometrga tutun yetgani aks etgan fotosuratni e’lon qildi.
"Krimskiy veter" monitoring guruhi sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarga tayanib xabar berishicha, yonayotgan xomashyo bazasi yaqinida neft sizib chiqishi kuzatilmoqda. Ehtimol, quvurning bir qismi yoki qayta haydash stansiyasi shikastlangan, deyiladi xabarda.