Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istondan yer ostidan o‘tkazilgan quvur orqali benzin tashiganlar ushlandi

Qozog‘istondan yer ostidan o‘tkazilgan quvur orqali benzin tashiganlar ushlandi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 1986 y.t. M.M. va 1997 y.t. X.X.lar Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi A.K. bilan o‘zaro til biriktirib, qo‘shni davlatdan mamlakatimiz hududiga noqonuniy yo‘llar bilan AI-92 markali benzin yonilg‘isini o‘tkazish va sotish bilan shug‘ullanganliklari aniqlandi.

Ular ushbu noqonuniy ishni Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatining Sariyog‘och tumani hududidan Toshkent viloyatining Qibray tumani hududiga yer ostidan o‘tkazilgan taxminan 300 metr uzunlikdagi quvur ichiga shlang joylashtirish orqali amalga oshirishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi A.Kga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha qo‘shni davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari xabardor qilindi.

Kiritildi: 18:40 21.01.2025. O'qildi: 1295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!