Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonda legionerlarni davlat byudjetidan moliyalashtirish taqiqlanadi

Qozog‘istonda legionerlarni davlat byudjetidan moliyalashtirish taqiqlanadi

Qozog‘iston Respublikasi Turizm va sport vazirligi qonun darajasida chet ellik sportchilarni davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishni man etadi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Markaziy aloqalar xizmati efirida vise-vazir Serik Jarasbayevning ma’lum qilishicha, endi Qozog‘istonda futbol, xokkey va boshqa sport klublarida o‘ynaydigan chet ellik o‘yinchilar davlat byudjeti hisobidan maosh olmaydi. Bu norma Turizm vazirligining yangi qonun loyihasida belgilab qo‘yiladi.

Shuningdek, unda asossiz yuqori to‘lovlarning oldini olish maqsadida sportchilar maoshlariga cheklov o‘rnatish hamda futbol va boshqa sport klublarini moliyalashtirish uchun chegaralar belgilash ko‘zda tutilgan.

Bunday norma 2020 yildan beri amalda bo‘lsa-da, faqat hukumat bayonnomasi darajasida tasdiqlangandi. Shu sababli u mintaqalarda har doim ham to‘liq bajarilmagan.

Jismoniy tarbiya va sport masalalari hamda ortiqcha tartibga solishni bekor qilish bo‘yicha vazirlikning qonun loyihasi Majlis tomonidan allaqachon ma’qullandi. Bu voqea 2025 yil 29 yanvarda yuz berdi va shundan so‘ng loyiha Senatga yuborildi.

Kiritildi: 13:54 28.03.2025. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!