Qozog‘istonning Abay viloyatida harbiy texnika bilan bog‘liq hodisada shartnoma asosida xizmat qilayotgan askar halok bo‘ldi.
Bu haqda Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari Abay mintaqaviy garnizoni matbuot xizmatiga tayanib xabar berishmoqda.
Matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, askar harbiy texnikani boshqarish paytida xavfsizlik qoidalarini buzganligi sababli o‘limga olib kelgan tan jarohatlari olgan.
Hozirda tegishli organlar voqea joyida ish olib bormoqda, hodisaning barcha holatlarini aniqlamoqda. Sudgacha tergov boshlandi.