Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonda 4 milliondan ortiq xodim ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalandi

Qozog‘istonda 4 milliondan ortiq xodim ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalandi

Qozog‘istonda 2026 yil 15 noyabr holatiga ko‘ra, xodimlarni xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuz berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan majburiy sug‘urtalash bo‘yicha 204 ming 400 ta shartnoma tuzilgan. Ushbu shartnomalar 4 milliondan ortiq ishchini qamrab olgan. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lum qildi.

Majburiy sug‘urta shartnomalari soni so‘nggi yillarda sezilarli oshgan. Xususan, 2021 yilda 63 mingta shartnoma tuzilgan bo‘lsa, 2025 yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 154 mingtaga yetgan.

Qayta sug‘urtalashdan tashqari sug‘urta mukofotlari hajmi ham o‘sgan. 2021 yilda ular 41,2 milliard tengeni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yil oxirida 139,3 milliard tengega yetgan. 2026 yilning dastlabki to‘qqiz oyida esa xodimlarni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan majburiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlari 111,8 milliard tengeni tashkil qilgan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, xodimning kasbiy mehnat qobiliyati 5 foizdan 29 foizgacha yo‘qolgan taqdirda, yo‘qotilgan daromad uchun kompensasiyani ish beruvchi to‘laydi. Mehnat qobiliyati 30 foizdan 100 foizgacha yo‘qolganda esa ushbu to‘lov sug‘urta kompaniyasi zimmasiga yuklanadi.

Sug‘urta tizimi tibbiy xizmatlar, dori-darmonlar, protezlar, bemorni parvarishlash hamda sanatoriy-kurort davolanishi xarajatlarini ham qoplashni nazarda tutadi. Belgilangan talablar bajarilgan taqdirda, sanatoriyda davolanish uchun kompensasiya miqdori 100 oylik hisob-kitob ko‘rsatkichigacha yetishi mumkin.

2026 yilda sug‘urta mukofotining eng kam yillik miqdori 85 ming tengeni tashkil etadi. Uning aniq miqdori korxonaning ish haqi fondi va kasbiy xavf darajasiga bog‘liq.

2024 yildan boshlab ish beruvchilarga ishlab chiqarishdagi jarohatlarning oldini olish va xodimlarni reabilitasiya qilish uchun sarflangan xarajatlarning 6 foizigacha bo‘lgan qismi qoplab berilmoqda. Buning uchun xarajatlar haqiqiy bo‘lishi va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi talab etiladi.

Shuningdek, 2024 yil 1 yanvardan boshlab 55 yoshga to‘lgan va uzoq vaqt davomida zararli mehnat sharoitida ishlagan fuqarolar uchun maxsus ijtimoiy to‘lov joriy etilgan. Ushbu mexanizm belgilangan talablarga javob beradigan xodimlarga ijtimoiy to‘lovlarni saqlab qolgan holda zararli ish sharoitlaridan voz kechish yoki xavf darajasi pastroq bo‘lgan ishga o‘tish imkonini beradi.

2025 yil fevral oyidan xodimlarni baxtsiz hodisalardan majburiy sug‘urtalash sohasida yagona qayta sug‘urtalash pul mexanizmi ishlamoqda. U asosiy xavflarni taqsimlash maqsadida to‘qqizta hayotni sug‘urtalash kompaniyasini birlashtirgan.

2026 yil oktyabr oyida esa Davlat annuitet kompaniyasi ish beruvchilar uchun onlayn xizmatni ishga tushirdi. Ushbu xizmat orqali korxonalar elektron raqamli imzo yordamida sug‘urta shartnomalarini masofadan turib rasmiylashtirishi mumkin.

Kiritildi: 18:44 16.11.2026. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik