25 sentyabrda Qozog‘iston va Xitoy chegarasidagi avtomobil o‘tkazish punktlari vaqtincha ishlamaydi, deb xabar berdi Davlat daromadlari qo‘mitasi.
Cheklov Xitoy Xalq Respublikasida «Kuz o‘rtalari bayrami» nishonlanishi munosabati bilan joriy etiladi.
Ushbu kuni Qozog‘iston–Xitoy chegarasidagi avtomobil o‘tkazish punktlari orqali jismoniy shaxslar, transport vositalari va yuklarni o‘tkazish amalga oshirilmaydi.
“Qozog‘iston–Xitoy chegarasidagi temir yo‘l o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlashda davom etadi”, — deyiladi qo‘mita xabarnomasida.
Davlat daromadlari qo‘mitasi tashuvchilar va davlat chegarasidan o‘tishni rejalashtirayotgan fuqarolarni vaqtinchalik cheklovni hisobga olgan holda safar yo‘nalishini oldindan rejalashtirishga chaqirdi.