Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ali Aliyev «Qayrat»ning 16 yoshli hujumchisi Dastan Satpayev haqida fikr bildirdi va uni «Manchester Siti»ning o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanov bilan solishtirdi.
— Dastan Satpayev – bu yulduzcha. Men uni yaqinda Husanov bilan solishtirdim. Balki, 16 yoshida Husanovni hali hech kim tanimagan bo‘lishi mumkin. Bugun esa, 16 yoshida biz Dastan Satpayevni «Chelsi»ga sotdik, — dedi Aliyev Uelsga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» va «Qayrat» Dastan Satpayevning transferi bo‘yicha 4,3 million yevro evaziga kelishuvga erishishdi. Futbolchi 18 yoshga to‘lganidan so‘ng, u Angliya klubi bilan rasman shartnoma imzolay oladi.