Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston sun’iy intellekt bo‘yicha jahon markaziga aylanadimi?

Qozog‘iston sun’iy intellekt bo‘yicha jahon markaziga aylanadimi?

Amerikaning Nvidia korporasiyasi bosh direktori Jensen Xuang Qozog‘istonni jismoniy sun’iy intellekt (Physical AI) bo‘yicha jahon markaziga aylantirishni taklif qildi.

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, u ushbu tashabbusni 23 oktyabr kuni Ostona shahrida davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev bilan uchrashuvda ilgari surgan.

Xuang Toqayevning Qozog‘istonni sun’iy intellektga yo‘naltirilgan davlat — \*\*«AI-millat»\*\*ga aylantirish bo‘yicha strategik maqsadini yuqori baholadi. Mazkur tashabbus sun’iy intellektni rivojlantirish va uni keng joriy etishga qaratilgan.

Nvidia rahbarining ta’kidlashicha, ushbu sohada muvaffaqiyatga erishish uchun ilm-fan, matematika va texnologiyalar bo‘yicha chuqur bilimga ega mutaxassislar zarur. Shuningdek, u so‘nggi bir yil davomida Qozog‘iston kompaniyalari bilan hamkorlikda erishilgan natijalarni qayd etdi.

«Biz Qozog‘istonning Firebird AI KZ Ltd va “Qazaqtelekom” kabi kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirmoqdamiz. Shuningdek, global texnologik ekotizimning sezilarli ishtirokchisiga aylangan Qozog‘istonning birinchi texnologik “yakka shox” kompaniyasi — Higgsfield’ni qo‘llab-quvvatlayapmiz. Birgalikda amalga oshirgan ishlarimizdan juda ta’sirlandim va faxrlanaman», — dedi Jensen Xuang.

O‘z navbatida, Qosim-Jomart Toqayev Nvidia rahbariga Qozog‘istonda sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezident Amerika korporasiyasi rahbarining tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta turtki berishini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 09:35. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!