Qosim-Jomart Toqayev yirik mulk egalari uchun oshirilgan soliq stavkasini joriy etish masalasini muhokama qilish vaqti kelganini aytdi.
"Hech kim qonuniy yo‘l bilan orttirilgan aktivlarni cheklamoqchi emas. Bu Konstitusiyaga zid bo‘lar edi. Gap adolat haqida ketmoqda", — dedi u.
Toqayevning ta’kidlashicha, har bir fuqaro mamlakat taraqqiyotiga o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, halol hissa qo‘shishi kerak.