Bugun 1 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston milliy jamoasi bosh murabbiyi: «Satpayevni Husanovdan kuchliroq deb hisoblayman»

Qozog‘iston milliy jamoasi bosh murabbiyi: «Satpayevni Husanovdan kuchliroq deb hisoblayman»

Qozog‘iston milliy jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ali Aliyev «Chelsi» klubiga o‘tgani xabar qilingan qozog‘istonlik 16 yoshli Doston Satpayevni Abduqodir Husanov bilan taqqosladi.

«Dostonni Husanovdan ko‘ra kuchliroq deb hisoblayman. Husanov himoyachi sifatida, Doston ham to‘g‘ri munosabatda bo‘lsa uning genetikasi juda kuchli. Satpayev – atlet, unga Yevropa darajasida rivojlanishi va o‘sishi uchun shunchaki turtki kerak.

Hozirda «Real» safida turkiyalik Arda Gyuler bor, braziliyalik Endrik bor, Doston esa faqatgina Qozog‘iston pasportiga ega ekani sababligina ular darajasidagi e’tiborga tushmagan. Xalqaro maydonda u bu vaziyatdan unumli foydalanishi mumkin», - deydi qozog‘istonlik murabbiy Meta-ratings.kz sayti muxbiri bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Aliyev yaqinda Qozog‘iston milliy jamoasidan iste’foga chiqarilgan Stanislav Cherchesov o‘rniga bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Ma’lumot uchun, «Qayrat» klubi va Qozog‘iston o‘smirlar jamoasining 16 yoshli yarimhimoyachisi Doston Satpayev «Chelsi» klubi tomonidan 4,3 million yevroga transfer qilingani, futbolchi 2026 yilda voyaga yetgach, London klubiga o‘tishi haqida xabar qilingandi.

Kiritildi: 15:33 28.02.2025. O'qildi: 1594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!