Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston g‘arbida uchuvchisiz samolyotga o‘xshash buyum qoldiqlari topildi

Qozog‘iston g‘arbida uchuvchisiz samolyotga o‘xshash buyum qoldiqlari topildi

G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Janibek tumanida 24 mart kuni dron bo‘laklariga o‘xshash buyum qoldiqlari topildi. Bu haqda “Ozodlik radiosi”ning qozoq xizmati viloyat polisiyasiga tayanib xabar bermoqda.

"Ob’ekt chekka hududda, viloyat markazi Uralsk shahridan 480 kilometr uzoqlikda topilgan. G‘arbiy Qozog‘iston viloyati polisiya boshqarmasi tekshiruv o‘tkazmoqda", deyiladi xabarda.

Janibek tumani, Rossiyaning Volgograd va Saratov viloyatlari bilan chegaradosh.

2025 yil 18 mart kuni G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Tasqal’a tumanida "Geran" yozuvli dron topilgan edi. 18 fevral kuni Bo‘keyo‘rda tumani Uyali qishloq okrugi yaqinida Rossiyaning "Orlan-10"ga o‘xshash ob’ekt topilgan edi.

Kiritildi: 18:57 25.03.2025. O'qildi: 830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!