Goal portali talqiniga ko‘ra, Usmon Dembele "Oltin to‘p"ga asosiy da’vogar bo‘lib qolmoqda.
Portal yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun davogarlar reytingini yangiladi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng, "PSJ" vingeri hamon birinchi pog‘onani egallab turibdi, Lamin Yamal va Vitinya kuchli uchlikdan joy oldi.
To‘liq 20talik quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Usmon Dembele («PSJ»);
2. Lamin Yamal («Barselona»);
3. Vitinya («PSJ»);
4. Rafinya Dias («Barselona»);
5. Moxamed Salax («Liverpul»);
6. Kilian Mbappe («Real»);
7. Dezire Due («PSJ»);
8. Ashraf Xakimi («PSJ»);
9. Xvicha Kvarasxeliya («PSJ»);
10. Nunu Mendesh («PSJ»);
11. Pedri («Barselona»);
12. Xarri Keyn («Bavariya»);
13. Koul Palmer («Chelsi»);
14. Robert Levandovski («Barselona»);
15. Djanluidji Donnarumma («PSJ»);
16. Viktor Dyokeresh («Sporting»);
17. Joau Nevesh («PSJ»);
18. Vinisius Junior («Real»);
19. Maykl Olise («Bavariya»);
20. Bredli Barkolya («PSJ»).