"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike tajovuzkor xatti-harakatlari uchun jiddiy jazolanishi mumkin.
Parijliklar klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakshanba kungi finalida "Chelsi"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:3). Final hushtagidan so‘ng jamoa futbolchilari va murabbiylari o‘rtasida janjal kelib chiqdi va tasvirlarda londonliklar hujumchisi Joao Pedro Luis Enrikening zarbasidan so‘ng yiqilib tushgani aniq ko‘ringan.
Ispaniyalik sobiq hakam Iturralde Gonsalesning so‘zlariga ko‘ra, "PSJ" bosh murabbiyi uzoq muddatga diskvalifikasiya qilinishi mumkin.
"Joao Pedroning yuziga tarsaki tushirgani uchun Luis Enrike uzoq muddatga chetlatilishi mumkin. Bundan tashqari, u ma’lum muddatga mashg‘ulotlardan ham chetlatilishi mumkin," - deya sobiq referi so‘zlarini keltiradi The Touchline.