O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:
Alisher Baxadirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Doniyor Baxtiyorovich Kadirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Gayane Olegovna Umerova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Sherzod Ikromovich Asadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Kommunikasiyalar departamentining rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi;
Nodirjon Abduqunduzovich Abduraximov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi;
Bobur Botirovich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Zilemxan Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi;
Ella Anatolyevna Djaxangirova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Tadbirlarni tashkillashtirish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti protokolining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.