Ispaniyaning Axondroplaziya va boshqa suyak displaziyalari bilan og‘rigan odamlar assosiasiyasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida "Barselona" futbolchisi Lamin Yamalni 18 yoshga to‘lgan tug‘ilgan kunida o‘zini ko‘rish uchun mitti odamlarni yollaganlikda aybladi.
"Tashkilotimiz Lamin Yamalning ziyofatida o‘yin-kulgi sifatida mitti odamlarning ishga yollanishini qoralaydi. Biz ham qonuniy, ham ijtimoiy choralar ko‘ramiz", — deyiladi bayonotda.
Yamal 13 iyul kuni 18 yoshga to‘ldi. Uning tug‘ilgan kunida internet yulduzlari, taniqli shaxslar, musiqachilar va futbolchilar ishtirok etishdi. 9 iyun kuni Yamal Transfermarkt portaliga ko‘ra dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi, uning qiymati 200 million yevroga baholanmoqda.
Yamal - "Barselona" tarbiyalanuvchisi. 2024/25 yilgi mavsumda u "Barselona" safida La Ligada 35 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi, jamoa bilan chempionlik va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. 2024 yilda futbolchi Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgan.