Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

"Agar men Putinni o‘rnida bo‘lganimda o‘ylab ko‘rardim va muzokara stoliga o‘tirardim "

"Agar men Putinni o‘rnida bo‘lganimda o‘ylab ko‘rardim va muzokara stoliga o‘tirardim "

Agar men Putinni o‘rnida bo‘lganimda va Tramp yaqin 50 kun ichida nimalarni rejalashtirayotganini eshitganimda, o‘ylab ko‘rardim va muzokara stoliga o‘tirardim, dedi NATO bosh kotibi.

Mark Ryutte bunday fikrni AQSh prezidenti bilan Oq uydagi uchrashuvda bildirdi.

"Ukraina uchun bu — ajoyib yangilik. Ukraina havo mudofaasi uchun juda katta miqdorda qurollar, shuningdek, raketa va o‘q-dorilar olishi mumkin", — dedi alyans bosh kotibi AQSh prezidentining Ukrainaga qurol berishga doir rejalariga javoban.

Ryutte, shuningdek, joriy yilning yanvaridan beri Ukraina urushida 100 ming nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:15 14.07.2025. O'qildi: 1570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!