Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston Yevrokubok finaliga mezbonlik qilmoqchi!

Qozog‘iston Yevrokubok finaliga mezbonlik qilmoqchi!

Qozog‘iston 2028 va 2029 yillarda Konferensiyalar ligasi finalini tashkil etish uchun ariza topshirdi. Ehtimoliy arenalar sifatida Ostona va Olmaotadagi stadionlar ko‘rsatilgan, ammo yakuniy arizada faqat bitta maydon qoladi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

UYEFA 2028 va 2029 yillarda Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Konferensiyalar ligasi va ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi final o‘yinlarini o‘tkazish istagida bo‘lgan 15 ta milliy federasiyadan qiziqish bildirganini ta’kidladi.

Qozog‘istondan tashqari, bu yillarda Konferensiyalar ligasi finalini qabul qilish huquqiga Fransiya (Lill, "Pyer Morua"), Vengriya (Budapesht, "Pushkash Arena"), Italiya (Turin, "Yuventus Stedium") va Polsha (Gdansk, "Arena Gdansk") da’vogarlik qilmoqda. 2029 yilgi final mezbonligi uchun Finlyandiya (Xelsinki, "Olimpiyskiy stadion") ham ariza topshirgan.

Kiritildi: 09:10 01.11.2025. O'qildi: 728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!