Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda tadbirkor o‘ziga tegishli bo‘lmagan yer maydonini sotmoqchi bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda tadbirkor o‘ziga tegishli bo‘lmagan yer maydonini sotmoqchi bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkor Amudaryo tumanida yashovchi, 1983 y.t. shaxsning ishonchiga kirib, aslida boshqa bir fuqaroga quyonchilikni rivojlantirish uchun Taxiatosh tumani hududidan ajratib berilgan 169 gektar yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytadi va uning 50 gektar qismini har gektarini 1 ming AQSh dollaridan jami 50 ming AQSh dollariga sotishini ma’lum qiladi.

Ammo, tadbikor so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:13 24.10.2025. O'qildi: 463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!