Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda kam ta’minlangan oilalarga suv ta’minoti uchun subsidiya ajratiladi

Qoraqalpog‘istonda kam ta’minlangan oilalarga suv ta’minoti uchun subsidiya ajratiladi

O‘zbekiston hukumatidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarning ichimlik suvi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashga ko‘maklashish maqsadida subsidiya ajratish tartibi belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra, Kambag‘al oilalar reestrida qayd etilgan xonadonlarga quyidagi ishlarga sarflangan mablag‘larning asosiy qismi davlat hisobidan qoplanadi:

turar joy hududida artezian qudug‘i qazish;

suv nasosi sotib olish va o‘rnatish;

ichimlik suvi filtrlari xarid qilish va montaj qilish.

Subsidiya mazkur xarajatlarning 90 foizigacha bo‘lgan qismini, birok eng ko‘pi bilan BHMning 30 baravarigacha qoplaydi.

Xizmatlar faqat “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi. Oilalar subsidiya olish uchun “Inson” markazlariga yoki mahalladagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qilib, tizim orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Belgilangan tartibda yuborilgan so‘rovlar bo‘yicha qaror qabul qilingach, tizim orqali avtomatik ravishda xabar yuboriladi.

Kiritildi: 22:35 17.08.2025. O'qildi: 1198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!