Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda gigant shamol elektr stansiyalari quriladi

Qoraqalpog‘istonda gigant shamol elektr stansiyalari quriladi

Qoraqolpog‘iston Respublikasida qiymati 8,6 milliard dollarlik gigant shamol elektr stansiyalari quriladi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmati xabar berdi.

Aholi va iqtisodiy tarmoqlarning energiya resurslariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi bilan hamkorlikda Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Beruniy tumanlarida umumiy quvvati 7,2 ming megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari qurilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 8,6 milliard dollarni tashkil etadi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili ushbu kompaniya Qorao‘zak tumanida qiymati 107 million dollar bo‘lgan, quvvati 100 megavattlik shamol elektr stansiyasini ishga tushirgan. Loyiha natijasida yiliga 350 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratildi.

Natijada 100 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga, shuningdek, atmosferaga 180 ming tonna karbonat angidrid chiqindilari tarqalishining oldi olinishiga erishilgan.

Kiritildi: Bugun 15:55. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!