Bugun 3 fevral, 2023 yil, juma

КИР

Qoraqalpog‘istonda 28 noyabr kuni tartibsizliklar bo‘yicha sud boshlanadi

Qoraqalpog‘istonda 28 noyabr kuni tartibsizliklar bo‘yicha sud boshlanadi

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklar bo‘yicha sud jarayonlari boshlanadi 28 noyabr kuni boshlanadi. Bu haqda Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya xabar berdi.

Qayd etilishicha, komissiya fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlardan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan voqealarda asosiy gumonlanayotgan va hozirda tergov jarayonida bo‘lib turganlar bilan yakka tartibda suhbatlar olib bordi.

Bunda sodir etgan qilmishiga pushaymon va ijtimoiy sharoiti og‘ir bo‘lgan ayblanuvchilarning ro‘yxatlari shakllantirilib, ularni oilasiga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Shu kunga qadar komissiya a’zolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan 107 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi va qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilishi orqali o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi.

Shuningdek, tergov jarayonlari davomida ayblanuvchilarning saqlash sharoitlari, qiynoqqa solmaslik, advokat bilan ta’minlanganlik kabi masalalar mustaqil komissiyaning doimiy nazoratida bo‘ldi. Komissiya a’zolari sud jarayonlarida ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etishadi.

Ma’lumot uchun, 2022 yil 16 iyul kunidan Qoraqalpog‘istonda iyul oyi boshida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya o‘z ishini boshlagan edi.

Kiritildi: 22:55 26.11.2022. O'qildi: 2582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!