Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida imtiyozli narxlarda sotish uchun ajratilgan ko‘mir talon-toroj qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida imtiyozli narxlarda sotish uchun ajratilgan ko‘mir talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, mahkamaning Urganch tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Urganch ko‘mir ombori mudiri M.N. va boshqalar aholiga imtiyozli narxda ko‘mir yetkazib berilgani to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, 678,5 tonna ko‘mirni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Departamentning Nukus shahri, To‘rtko‘l, Amudaryo va Qo‘ng‘irot tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda esa “Ko‘mir ta’minot” MCHJning yuqoridagi shahar va tuman omborxonasi mas’ul shaxslari aholiga imtiyozli narxlarda sotish uchun ajratilgan jami 435,5 tonna ko‘mirni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani ma’lum bo‘lgan.

Shu kabi, departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Qiziltepa ko‘mir ombori mas’ul shaxslari 156,3 tonna ko‘mirni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:13 19.11.2023. O'qildi: 956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!