Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Qorako‘lda 20 nafar abituriyent zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizildi

Qorako‘lda 20 nafar abituriyent zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizildi

Bugun, 11 yanvar kuni Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi o‘quv markazlarining birida abituriyentlar zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

Aytilishicha, tongda zaharlanish ehtimoli bilan shifoxonaga 20 nafar abituriyent olib kelingan. Ularning 17 nafariga uyga javob berib yuborilgan. Qolgan uch nafari esa davolanish uchun shifoxonada qoldirilgan.​

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, zaharlanish holatining sababini o‘rganish uchun qon tahlillari olinib, laboratoriyaga yuborilgan.

Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqovning “Daryo”ga izoh berishicha, is gazidan zaharlanish bo‘yicha murojaat kelib tushmagan.

Mas’ullardan mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha axborot kutib qolamiz.

Kiritildi: 23:17 11.01.2026. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!