Ruminiya sohillari yaqinida Turkiyaga tegishli kema avariyaga uchradi. Yetti nafar dengizchi qutqarildi.
Ruminiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ikki yordamchi kema avvalroq Odessa yaqinida shikastlangan Mentor kemasini Turkiyaga tortib ketayotgan bo‘lgan.
Tunda kemalarni bog‘lab turgan arqonlar uzilib ketgan. Shundan so‘ng yordamchi kemalardan biri Mentor bilan to‘qnashgan.