Qirg‘izistonda prezidentlik lavozimi uchun da’vogarlarning dastlabki ro‘yxati aniq bo‘ldi. 13 noyabr kuni saylovga nomzodlar ko‘rsatish bosqichi yakunlandi. Davlat rahbari lavozimi uchun 11 kishi kurashmoqchi. Ular orasida amaldagi prezident, sobiq deputatlar, kuch tuzilmalari va davlat organlarining sobiq rahbarlari, tadbirkorlar hamda Markaziy saylov komissiyasining sobiq raisi bor.
Barcha da’vogarlar saylovda siyosiy partiyalardan emas, o‘z nomzodini mustaqil ko‘rsatish yo‘li bilan ishtirok etmoqda. Ularning ayrimlari avval ham prezidentlik kampaniyalarida qatnashgan, boshqalari esa katta siyosatda ilk bor o‘z kuchini sinab ko‘rishga qaror qilgan. Ro‘yxatdan 10 erkak va bir ayol o‘rin olgan. Eng yoshi katta da’vogar 72 yoshda, eng yoshi esa bir necha kundan so‘ng 35 yoshga to‘ladi.
◾️ Aymen Kasenov — 52 yoshli tadbirkor, muqaddam prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ygan;
◾️ Azamat Esenbekov — 42 yoshli iqtisodchi, soliqchi va sobiq hokim;
◾️ Siymik Japiqeev — 49 yoshli huquqshunos, “Chon Kazat” harakati vakili;
◾️ Aqay Qidirov — Yaponiyada ishlash tajribasiga ega 35 yoshli tadbirkor;
◾️ Isxaq Masaliyev — taniqli familiyaga va boy tajribaga ega 66 yoshli siyosatchi;
◾️ Sadir Japarov — 57 yoshli amaldagi prezident, ikkinchi muddatga o‘z nomzodini ko‘rsatmoqda;
◾️ Baqtibek Qalmamatov — 42 yoshli sobiq deputat va o‘tgan saylovlar ishtirokchisi;
◾️ Baqitbek Adilov — 44 yoshli sobiq shahar hokimi va migrasiya xizmatining sobiq rahbari;
◾️ Amur Ayba Meder — tadbirkor, tarjimai holi haqida ma’lumotlar mavjud emas;
◾️ Mambetjunus Abilov — 72 yoshli MSK sobiq rahbari, endi o‘zi saylovda ishtirok etmoqda;
◾️ Klara Sooronqulova — prezidentlik poygasidagi yagona ayol, 57 yoshli huquqshunos.
Hozircha prezidentlik saylovining rasman ro‘yxatga olingan ishtirokchilari yo‘q. Barcha 11 nafar da’vogar belgilangan tartib-taomillardan o‘tishi shart. Ular 7 dekabrga qadar saylovchilarning elektron imzolarini to‘plashi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish uchun kamida 30 ming imzo talab etiladi.
Zarur hujjatlarni qabul qilish 13 dekabrga qadar davom etadi. Markaziy saylov komissiyasi 23 dekabrgacha nomzodlarni ro‘yxatga olish jarayonini yakunlashi lozim. Prezidentlik saylovi 2027 yil 27 yanvarda qirg‘izistonliklar bo‘lib o‘tadi.