Bugun, 20 may kuni Toshkent vaqti bilan 20:07 da Qirg‘izistonda 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila episentri Toshkentdan 283 km janubi-sharqda. Magnituda: 3,4. Chuqurligi: 10 km. Episentr: Jalolobod, Qirg‘iz Respublikasi. Zilzila koordinatalari: 41,19 gradus shimoliy kenglik; 72,6 gradus sharqiy uzunlik. Episentrda sezilish kuchi: 4 ball.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida – 2 ball, 29 km.