Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Qirg‘izistonda niqob va chet elda Islom o‘rganish taqiqlandi

 Qirg‘izistonda niqob va chet elda Islom o‘rganish taqiqlandi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov jamoat joylarida niqoblarni kiyishni taqiqlovchi qonunni tasdiqladi. Hujjat davlat rahbarining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Qonunga muvofiq, shaxsni identifikasiya qilishga to‘sqinlik qiluvchi va yuzni to‘suvchi kiyimlarni kiyish taqiqlanadi. Bundan faqat kasbiy faoliyat yoki tibbiy zarurat uchun istisno qilinadi.

Qonun diniy sohada nazoratni kuchaytirishni ham o‘z ichiga oladi. Endi ateistlarni, boshqa dinlar tarafdorlarini yoki betaraf shaxslarni o‘z diniga chaqirish taqiqlanadi. Shuningdek, qariyalar uylarida, qamoqxonalarda va harbiy qismlarda diniy marosimlarni o‘tkazish man etildi.

O‘quv muassasalarida, jamoat joylarida yoki uyma-uy yurib diniy materiallarni tarqatish ham taqiqlanadi.

Bu qoidalarni buzganlik uchun 20 000 som (230 dollar) miqdorida jarima belgilash belgilandi.

Bundan tashqari, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, diniy ta’lim olish uchun chet elga chiqish Davlat diniy ishlar bo‘yicha komissiyasi va diniy tashkilot rahbariyati bilan kelishilgan bo‘lishi shart.

Ikkala qonun ham 2024 yil 26 dekabrida Qirg‘iziston parlamenti tomonidan tasdiqlangan.

Kiritildi: 23:55 24.01.2025. O'qildi: 916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!