Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Britaniya Rossiyaga qattiq talab qo‘ydi: Hech qanday shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtat!

Britaniya Rossiyaga qattiq talab qo‘ydi: Hech qanday shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtat!

Britaniya Rossiyaga talab qo‘ydi.

Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifini "hech qanday shartlarsiz" qabul qilishi kerak. Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Kanadada o‘tayotgan "Katta yettilik" (G7) sammitida ma’lum qildi, deb DailyMail xabar bermoqda.

"Menimcha, hozir hech qanday shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatish vaqti kelgani borasida hamfikrlik mavjud. Ukraina o‘z pozisiyasini bayon etdi. Endi Rossiya uni qabul qilishi kerak," - deya talab qo‘ydi siyosatchi.

Lemmining ta’kidlashicha, G7 bo‘yicha ittifoqchilar Rossiya prezidenti Vladimir Putinga "o‘yin qoidalarini o‘zgartirish"ga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi haqida yakdil fikrda.

Bundan oldin xalqaro klub a’zolari Ukrainada 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatish taklifiga rozi bo‘lmasa, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 21:25 14.03.2025. O'qildi: 1330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!