Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

NASA astronavtlari uylariga qayta olmayapti

NASA astronavtlari uylariga qayta olmayapti

Barri Uilmor va Suni Uilyams Xalqaro kosmik stansiyada (XKS) bir hafta qolishni rejalashtirgandi, biroq kosmik kemalar bilan bog‘liq muammolar tufayli ular to‘qqiz oydan beri koinotda qolmoqda.

Ikki astronavt o‘tgan yilning iyun oyida «Boeing» kompaniyasining «Starliner» kosmik kemasining boshqariladigan birinchi sinov parvozida XKSga yetib borgan, biroq kosmik kemadagi muammolar ularni orbitada qolishga majbur qildi, deb xabar berdi Fox News.

Chorshanba kuni SpaceX va NASA «Crew-10» raketasining XKSga rejalashtirilgan uchirilishini raketani uchirish maydonchasida ushlab turgan mahkamlagichlardan biridagi muammolar tufayli bekor qildi.

«Falcon 9» raketasi olti oylik missiya uchun XKSga to‘rt kishilik ekipaj olib borishi kutilmoqda. Ular: NASA astronavtlari Enn Makkleyn va Nikol Ayers, yapon astronavti Takuya Onishi va rossiyalik kosmonavt Kirill Peskov.

Uilmor va Uilyams, shuningdek, XKSning yana ikki ekipaj a’zosi: NASA astronavti Nik Xeyg va rossiyalik kosmonavt Aleksandr Gorbunov o‘tgan yilning sentyabr oyida kosmik stansiyaga yetib borgan «SpaceX Dragon» kapsulasida uylariga jo‘nab ketadi, deb yozadi NBC News.

Yaqinda AQSh prezidenti Donald Tramp Ilon Maskga kosmonavtlarni vatanga olib kelish haqida ko‘rsatma berganini aytdi.

O‘tgan iyun oyida Uilmor va Uilyamsni XKSga olib chiqqan «Boeing» kompaniyasining «Starliner» kosmik kemasi 2024 yil sentyabrida “geliy oqishi” va “boshqaruvchi dvigatellar bilan bog‘liq muammolar” tufayli ekipajsiz Yerga qaytdi.

Kiritildi: 09:20 14.03.2025. O'qildi: 986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!