Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

"Real"ga gol urgan o‘zbekistonlik futbolchi Eron klubiga o‘tishga yaqin!

"Real"ga gol urgan o‘zbekistonlik futbolchi Eron klubiga o‘tishga yaqin!

O‘tgan mavsumni Qozog‘istonning "Ordabasi" jamoasida o‘tkazgan Jasurbek Yaxshiboyev Eron chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda "khabarvarzeshi" nashri xabar bermoqda.

"Nassaji Mozandaron" klubi o‘zbekistonlik futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Yaxshiboyev O‘zbekistonning "Paxtakor" va "Navbahor" jamoalarida to‘p surgan va jamoa bosh murabbiyi Savo Miloshevich maslahati bilan "Nassaji"ga o‘tgan.

U Moldovaning "Sherif" jamoasi tarkibida "Real" darvozasiga urgan goli bilan mashhur", - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Yaxshiboyev ayni damda jamoasiz bo‘lib turibdi. 27 yoshli futbolchining narxi 700 ming yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 14:44 14.03.2025. O'qildi: 1407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!