Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahkumlarni almashadi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahkumlarni almashadi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston sudlangan fuqarolarni bir-birlariga topshiradi.
Bu boradagi hujjat loyihasi Qirg‘iziston Jogorku Keneshi tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qirg‘iziston bosh prokurori o‘rinbosari Umutkan Konkubayevaning ma’lum qilishicha, ayni paytda O‘zbekistonda Qirg‘izistonning 42 nafar, Qirg‘izistonda esa 97 nafar O‘zbekiston fuqarosi jazoni o‘tamoqda.

Bu fuqarolarning barchasi o‘z vatanida jazoni o‘tashda davom etadi.

Mahkumlar almashishga doir bitim 2024 yilning 18 iyulida Toshkentda imzolangan.

Kiritildi: 13:23 31.01.2025. O'qildi: 1173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!