Bugun 23 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

AQShning 22 shtati Trampning farmoniga qarshi sudga murojaat qildi

AQShning 22 shtati Trampning farmoniga qarshi sudga murojaat qildi

AQShning 22 shtati Trampning tug‘ilganlik huquqi asosida fuqarolik berishni cheklash haqidagi farmoniga qarshi sudga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Donald Tramp o‘zining prezident sifatidagi birinchi ish kunida tug‘ilganlik huquqi asosida fuqarolik berishni cheklash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ushbu hujjat kuchga kirganidan keyin 30 kun ichida tug‘ilgan bolalarga nisbatan qo‘llanadi. Farmonda qayd etilishicha, ushbu cheklov ota-onasi AQSh hududida noqonuniy ravishda yashayotgan bolalarga ham tegishli bo‘ladi.

Demokratik partiya vakillari yetakchiligidagi shtatlar prezident Donald Trampning ushbu qarori ustidan sudga da’vo arizasi berdi. Bu shtatlar orasida Vashington, Oregon, Arizona, Illinoys, Nyu-York, Kaliforniya, Kolorado, Konnektikut, Delaver, Gavayi, Men, Merilend, Massachusets, Michigan, Minnesota, Nevada, Nyu-Jersi, Nyu-Meksiko, Shimoliy Karolina, Rod-Aylend, Vermont va Viskonsin bor.

Sudga taqdim etilgan da’vi arizasiga ko‘ra, prezident Donald Trampning bu qarori AQSh Konstitusiyasining 1868 yilda ratifikasiya qilingan 14-tuzatmasiga zid hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Konstitusiyani o‘zgartirish uchun qonun AQSh Kongressining uchdan ikki qismi tomonidan tasdiqlanishi, shuningdek, 50 shtatdan 38 tasi tomonidan ratifikasiya qilinishi kerak.

Kiritildi: 10:16 22.01.2025. O'qildi: 1395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!