Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Qirg‘iziston polietilen paketlarni olib kirishni vaqtinchalik taqiqlamoqchi

Qirg‘iziston polietilen paketlarni olib kirishni vaqtinchalik taqiqlamoqchi

Qirg‘iziston mamlakatga polietilen paketlarni olib kirishga vaqtinchalik moratoriy joriy qilmoqchi,

Hukumatning tegishli qarori jamoatchilik muhokamasiga kiritildi.

Qirg‘iziston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda mamlakatda 707 tonnadan ortiq etilen polimer paketlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1,6 million tonna import qilingan bo‘lib, bu ko‘rsatkichning asosiy ulushi Xitoyga to‘g‘ri keladi (1,4 million tonna).

Tashabbuskorlarning ta’kidlashicha, plastik paketlardan o‘rtacha foydalanish vaqti bir necha daqiqa, uning parchalanish davri esa bir necha asrlar davom etadi. Bu tabiiy ekotizimni buzadigan va bunday hududlar yaqinida yashovchi aholining hayot sifatini yomonlashtiradigan chiqindixonalar sonining ko‘payishi xavfini keltirib chiqaradi.

Qalinligi 20 mikron va undan past bo‘lgan polietilen paketlarni qayta ishlash 3-4 barobar ko‘p resurs talab qiladi, shuning uchun ularni yig‘ish va qayta ishlash bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Taqiqning kiritilishi yukni kamaytirishga, aholi salomatligini himoya qilishga va ekologik toza alternativalarni ishlab chiqishni rag‘batlantirishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda mamlakatda 2027 yil 1 yanvardan plyonkali paketlar va plastmassa buyumlarni olib kirish, ishlab chiqarish, sotish va bepul tarqatishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun qabul qilingan edi.

Kiritildi: 21:10 01.05.2025. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!