Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi: "Jarohatlanganlar yo‘qligi quvonarli"

Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi: "Jarohatlanganlar yo‘qligi quvonarli"

Qirg‘iz Respublikasi termasi bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan jamoasining tayyorgarligi haqida to‘xtaldi.

Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi ayni paytda Bishkekda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyi Maksim Lisisin tayyorgarlik jarayoni xususida so‘z yuritdi.

"Jamoaning tayyorgarligi reja bo‘yicha ketmoqda. Jarohatlanganlar yo‘qligi quvonarli. Biz bu jamoalarga qarshi avval ham o‘ynaganmiz. Futbolchilarga ularning odatiy xatolari va bizni g‘alabaga yetaklashi mumkin bo‘lgan ijobiy tomonlarini tahlil qilib berdik. Umid qilamizki, yigitlar maydonda barcha rejalarimizni amalga oshira olishadi", – dedi 47 yoshli mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Qirg‘iz Respublikasi bellashuvi 20 mart kuni "Bunyodkor" stadionida 21:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 23:57 17.03.2025. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!