Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qidiruvdagi “L9 ” topildi

Qidiruvdagi “L9 ” topildi

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan “LI L9 Max” rusumli avtotransport vositasi Oltinko‘l tuman hududidan topilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor A.G‘.dan undiruvchi “Trastbank” XAB foydasiga 523 mln. so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan.

Qarzdorlikni undirish maqsadida ijro harakatlari davomida garovdagi qarzdorga tegishli “LI L9 Max” avtomashinasiga taqiq o‘rnatilgan.

Ijro harakatlari davomida ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga bir necha marotaba borib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yo‘qligi aniqlangach, qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida qidiruvdagi avtomashina Oltinko‘l tuman hududidan topildi. Avtomashina xatlanib, jarima maydoniga olib kirildi.

Kiritildi: 19:40 28.10.2025. O'qildi: 1140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!