Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan “DONG FENG” rusumli avtotransport vositasi Andijon shahar hududidan topildi.
Bugungi kunda har qanday qarz garovga asoslanishi taqozo etilmoqda. Qarz oluvchi shartnomadagi majburiyatini bajarmasa sud undiruvni garov mulkiga qaratadi.
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi ish yurituviga ham aynan shu mazmundagi sudning ijro hujjati kelib tushgan bo‘lib, unda “TRASTBANK” AJ foydasiga qarzdor SH.M.dan jami 237,9 mln. so‘m kredit qarzini undirish hamda undiruvni javobgarga tegishli “DONG FENG” rusumli avtotransport vositasiga qaratilishi ko‘zda ko‘rsatilgan.
Qarzdorlikni undirish maqsadida ijro harakatlari davomida garovdagi qarzdorga tegishli “DONG FENG” avtomashinasiga taqiq o‘rnatilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga bir necha marotaba borib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yo‘qligi aniqlangach, qidiruv e’lon qilingan.
Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi qidiruv shu’basi xodimlari hamda IIB YHXX bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirlar davomida qidiruvdagi avtomashina Andijon shahridan topildi. Avtomashina xatlanib, jarima maydoniga olib kirildi.