AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden yiliga qariyb 417 ming dollar nafaqa olmoqda — The New York Post.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Baydenning nafaqasi prezidentlik paytidagi maoshidan yuqori, Barak Obamaning nafaqasidan esa deyarli ikki baravar ko‘p. Baydenning nafaqasi uni prezidentlik lavozimidagi maoshidan 17 ming dollar ziyod.
"Sobiq prezidentning nafaqasi ko‘pligi uning uzoq yillik siyosiy karerasi va iste’foga chiqqanidan keyingi birinchi yildan boshlab ikkita davlat pensiya jamg‘armasidan to‘lov olish huquqi bilan izohlanadi. Soliq to‘lovchilarni himoya qilish milliy jamg‘armasi vise-prezidenti Demian Bredining aytishicha, Bayden siyosiy martabasi sababli “noyob mavqe” ga ega hisoblanadi. U senator, vise-prezident va prezident lavozimlarida faoliyat yuritgan", deyiladi maqolada.