Buyuk Britaniyadagi Eron elchixonasi binosidan mamlakatning hozirgi bayrog‘i olib tashlanib, uning o‘rniga inqilobdan oldingi “Sher va Quyosh” bayrog‘i osildi.
Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Nashrning xabar berishicha, Eronning Londondagi elchixonasi oldida mamlakatning amaldagi rejimiga qarshi norozilik aksiyasi paytida namoyishchilardan biri diplomatik idora balkonidagi bayroqni almashtirgan. Ko‘p o‘tmay, Eron elchixonasi xodimi uni olib tashlagan.