Avtomashina xarid qilish, ayniqsa kreditga rasmiylashtirib berishni qulayliklari haqidagi chiroyli reklamalar ijtimoy tarmoqlarda ancha ommalashgan.
Moddiy imkoniyatlarni to‘g‘ri baholamay olingan bunday kreditning oxirigi manzili ko‘pchilikka ma’lum.
Kredit o‘z vaqtida qaytarilmagandan so‘ng, kreditni sud tartibida undirish va undiruvni garov mulkiga qaratish choralari ko‘riladi.
Byuro organlari ish yurituvidagi banklar foydasiga hal qilingan sud qarorlari ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar qilinmoqda.
Da’vogar “AZIA ALLIANCE BANK” ATB Buxoro MBXO sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, o‘z arizasida javobgar M.Rashidovdan 404.479.303 so‘m kreditning asosiy qarzdorligi va 9.588.823 so‘m foiz qarzdorligi, jami 414.068.127 so‘m undirish, undiruvni garov mulkiga qaratishni so‘ragan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish haqidagi ajrimiga asosan javobgar M.Rashidovga tegishli bo‘lgan 2023 yilda ishlab chiqarilgan, qora rangli, “KIA STINGER” rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, darhol ijro harakatlariga kirishilgan.
Garov mulki bo‘lgan avtomashinani yashirib qo‘yish maqsadida qilingan urinishlarga qaramay, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor M.Rashidovga tegishli bo‘lgan, qora rangli, “KIA STINGER” rusumli avtotransport vositasi Buxoro shahrida topilib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi va tegishli tartibda xatlandi.
Kredit qarzdorligini bartaraf etish uchun qarzdorga muddat berilgan, bartaraf qilinmagan taqdirda, avtomashina realizasiya qilish uchun onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi haqida rasman ogohlantirilgan.
Hozirda, ijro harakatlari davom ettirilmoqda.